Rahmatullayeva Hilola Sanoqulovna

Rahmatulllayeva Hilola Sanaqulovna 1972-yil 9-apreldada Navoiy viloyati Qiziltepa tumanida tug’ilgan. 1989-1994yillarda NDPIning boshlang`ich ta`lim metodikasi fakultetida tahsil olgan.
1998-yildan 2011-yilgacha boshlang`ich ta`lim o`qituvchisi, bugungi kunda Navoiy shahridagi 11-davlat ixtisoslashtirilgan umumta’lim maktabida o`quv ishlari bo`yicha direktor o`rinbosari vazifasida ishlab kelmoqda.
Rahmatulllayeva Hilola Sanaqulovnaga attestatsiya komissiyasining xulosasiga ko’ra, boshlang`ich ta`lim  bo’yicha  birinchi malaka toifasi berilgan.
         Rahmatulllayeva Hilola Sanaqulovna  ish jarayonida intizomli, ziyrak va zukko xodim sifatida o’zini  ko’rsatdi. O’z ishiga jiddiy  yondashadi, jamoat ishlarida  faol  ishtirok  etadi.
         Maktabda  olib borgan samarali pedagogik faoliyati uchun maktab, shahar xalq ta’limi bo’limi va viloyat xalq ta’limi boshqarmasi  tomonidan   faxriy  yorliqlar  bilan  taqdirlangan.
         Rahmatulllayeva Hilola Sanaqulovnaning o’quvchilari doimiy ravishda maktab, shahar va viloyat olimpiadalarida faxrli o’rinlarni egallab kelmoqda. Doimiy  ravishda  o’z  malakasini va  ilmiy  nazariy  saviyasini  oshirish ustida  qat’iyat  va  sabr-toqat  bilan  ishlaydi.
Rahmatulllayeva Hilola Sanaqulovna har ishda  tashabbuskor, jur’atli, to’g’ri  so’z, ma’naviy yetuk, o’z  jamoasiga  nisbatan  doimo  mehribon va  g’amxo’r.
         Rahmatulllayeva Hilola Sanaqulovna ta’lim fidoiysi sifatida yosh avlodni barkamol inson g’oyalari ruhida tarbiyalashga o’zining munosib hissasini qo’shadi deb   ishonch  bildiramiz

1988-1990 yil Qiziltepa tumanidagi "Nilufar” MTMda tarbiyachi
1990-1998 yil Qiziltepa tumanidagi 22-maktabda boshlang`ich ta’lim o`qituvchisi
1998 yildan Navoiy shahar 11–davlat ixtisoslashtirilgan umumta’lim maktabi boshlang`ich ta’lim o`qituvchisi

6-12-2013, 10:11
Ortga qaytish